Zilzilabardoshlik mavzusida anjuman uchrashuv

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 231

23-24-dekabr kunlari Toshkent  Arxitektura Qurilish Universitetida “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi sohasida kadrlar tayyorlashning istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi. Anjuman dasturi 5 ta rejaga asoslangan bo'lib 2 kun davom etdi.

Bunda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, OʼzR FA "Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi'' va "Seysmologiya'' institutlari, Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti Respublikada mavjud yirik loyihalash tashkilotlari, ilmiy tadqiqot institutlari, qurilish korxonalari vakillar ishtirok etishdi.

Anjuman TAQU rektori Ercan Kahyaning kirish so'zi bilan ochib berildi va bir qator professorlarning maʼruzalari bilan davom etdi. Anjimaning  maqsadi yosh kadrlarning sohada olayotgan bilimlarini yanada chuqur o'rgatish hamda qurilayotgan binolarning mustahkamligini oshirish.