TAQU da yangi laboratoriya ishga tushish arafasida

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 609

Toshkent arxitektura - qurilish universitetida Turkiya madaniyat va turizm vazirligi hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi “TIKA” tomonida “CEZERI LAB” loyihasi doirasidagi yangi laboratoriya tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Yangi laboratoriya TIKA homiyligida 4 xildagi zamonaviy 3D printerlar, lazer kesish apparatlari, robototexnika uskunalari bilan to'liq jihozlangan. Mazkur loyiha 8-20- yanvar kunlariga qadar mo'ljallangan bo'lib, unda Celaleddin Cetinkaya, Necmettin Kenar, Ali Rıza Tezcan, Albina Tuzlu professorlar-o'qituvchilar tomonidan terning darslari olib borilmoqda.

Bu loyihaga rektor Ercan Kahya va bir qator professor-o'qituvchilar tomonidan juda yaxshi va iliq fikirlar bildirilib, bunday laboratoriya birinchi bor TAQU da faoliyat boshlaganidan hursandliklarini takidlab o'tishdi. Loyihaning asosiy maqsadi zamon talablariga mos bo'ladigan laboratoriyani joriy qilish, eski uskunalardan voz kechib qulay va zamonaviy qurilmalarni keng targ'ib qilish.