Yog'och konstruktsiyalarining yong'inga chidamliligi va olovbardoshliligi nomli monografiya
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Qurilish va atrof-muhit muhandisligi'' kafedrasi professori k.f.d Muhamedgaliyev Baxtiyor Abduqodirovich tomonidan dunyoga mashhur bo'lgan "Springer'' nashriyot kompaniyasi "Yog'och konstruksiyalarining yong'inga chidamliliga va olovbardoshliligi'' mavzusida monografiya chop etildi. Eslatib o'tamiz "Springer'' nashriyot kompaniyasi bugungi kunda butun dunyo bo'ylab 70 ta nashriyotni o'z ichiga olib "Elsevier'' dan keyingi ikkinchi o'rinda turadi. Muhamedgaliev Baxtiyor Abduqodirovich: 1997 yil AQSH ning Nyu York shtatida MMM kompaniyasining "Cleenear production'' dasturida malaka oshirgan. Shvetsiya, Chexiya va Markaziy Osiyo davlatlarida ekologik mutaxassis.