TAQU talabalari Abdulla Qodiriy nomidagi uy muzeyiga tashrif buyurdilar
Kenggina Toshkentning avvalgi ko'rinishi fotolarda aks etgan xona yozuvchi ijodini batafsil o'rganishga mo'ljallangan. Boshqa xonada-mo'jaz galereyada uning hayoti, ijodi, ma'naviy jasorati aks ettirilgan kartinalar jamlangan. Uning ilk asarlari nashr etilgan gazeta va jurnallar, dastlabki kitoblari, boshqa tillarga o'girilgan kitoblari ham shu yerda mujassam. Naqshinkor, baland yog'och ustunli yo'lak uzra uy-muzeyni ohista ko'zdan kechirarkamiz, hovli devorlariga Qodiriy ijodiga oid o'zbek va jahon adiblarining bitilgan fikrlari yozuvchi nainki yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham alohida e'tirofida. Tashrif buyurgan talaba yoshlar Qodiriy ijodi bilan tanishib ma'naviy ozuqa oldilar.