Yong'in xavfsizligi targ'iboti

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 92

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakultetida Is gazidan zaharlanish va yong'in xavfsizligi oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari o'tkizildi. Shayxontohur tumani FVB P va NB inspektori mayor O.G.Ibragimov Shayxontohur tumani FVB P va NB inspektori katta leytenant F.I.Raxmatillayevlar ishtirokida guruh talabalari va tyutorlar ishtirokida o'tkazigan ushbu targ'ibot tadbirida kerakli maslahatlar va ogohlantirishlar berildi.

Is gazi bilan quyidagi hollarda xavfli:

Yong'in sodir bo'lgan taqdirda;

Ko'pincha dudburonlarning tiqilib yoxud ishlamay qolishi, gaz yonishi uchun  yonida bo'lganda. Uy sharoitida pechli isitishda pechlarning eshigi o'z vaqtida yopilmaganda;

Nafas olish apparatlarida sifatsiz havo ishlatilganda;

Aksariyat odamlar chekishdan so'ng bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, uyquchanlikni his etadi, bu zaharlanishga ishora qiladi.