HAMKORLIK TAQU va O'ZLIDEP hamkorligidagi "INTELLEKT'' loyihasi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 129

"Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili'' munosabati bilan yoshlar o'rtasida Arxitektura va IT sohasini yanada ommalashtirish va sohada xizmatlar eksportini oshirishga ko'maklashish, O'zLiDePning dasturiy maqsadlarida ilgari surilgan yoshlarni zamonaviy kasb-hunar sir-asrorlari bilan yaqindan tanishtirib borish maqsadida Alfraganus universiteti va O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi hamkorligida "Intellekt'' loyihasi tashkil etildi. O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi bo'limi mudiri, Yoshlar parlamenti raisi o'rinbosari Otabek Sobitov talabalarga loyihaning maqsadi va erishiladigan natijalar, unda ilgari surilgan g'oyalar, axborot texnologiyalari orqali yoshlarga zamonaviy kasblarni o'rgatish bo'yicha tushunchalar berib o'tdi.