Avstriyaning Klagenfurt universiteti magistratura bosqichi uchun ta'lim grantlari

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 246

Avstriyaning Klagenfurt universiteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisliklarida magistratura bosqichi uchun ta'lim grantlari ajratilganini e'lon qildi.  O'qish 2024/2025-o'quv yili (oktyabr oyi)dan boshlanadi. Mazkur grantlarga nomzodlar Avstriya ta'lim va xalqarolashtirish agentligi ("OeAD'') va Klagenfurt universiteti tomonidan ochiq tanlov asosida tanlab olinadi. Talabgorlar hujjatlarini joriy yil 4-fevralga qadar xorij tomoniga onlayn shaklda topshirishlari lozim. Vazirlikka qo'shimcha hujjatlar topshirish talab etilmaydi. Avstriya ta'lim va xalqarolashtirish agentligi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun e'lon qilingan grantlar dasturi va uning doirasidagi ta'lim va tadqiqot yo'nalishlari to'g'risida qo'shimcha ma'lumot www.grants.at saytida keltirilgan.