Yildiz texnika universiteti rektori prof. Tamer Yilmaz Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 303

Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga  2024-yil 6 fevral kuni Yildiz texnika universiteti rektori  prof. Tamer Yilmaz tashrif buyurdi. Tashrif dasturi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahabariyati va kafedra mudirlari bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda rektor prof. Tamer Yilmaz Yildiz texnika universiteti to‘g‘risida ma’lumotlarni tanishtirib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha bir qator fikrlarni ma'lum qildi. Xususan:

Yildiz universiteti Istanbul davlat muhandislik va arxitektura akademiyasi, keyinchalik muhandislik va Kojael davlat muhandislik va arxitektura akademiyasining o‘xshash fakultetlarining birlashishi natijasida 1911-yilda tashkil etilgan. Bundan tashqari, Kojael kasb-hunar maktabi yangi universitet tarkibiga kiritilgan. Yangi universitet ilmiy institut, ijtimoiy fanlar instituti va bir qator fakultetlardan iborat bo'lgan. Xususan: ilmiy-adabiyot va muhandislik, chet tillari, turk tili, Otaturk tamoyillari va inqilob tarixi, jismoniy tarbiya va tasviriy san’at. 1992 yildan Yildiz texnika universiteti nomini olgan.

Hozirgi kunda Yildiz texnika universiteti quyidagi 11 ta fakultetlar mavjud: pedagogika, milliy madaniyat va adabiyot, elektronika, dengiz arxitekturasi va dengiz ishlari, iqtisodiyot va ma’muriy fanlar, sanoat qurilishi, kimyo-metallurgiya texnikasi, mashinasozlik, arxitektura, san’at va dizayn, amaliy fanlar. Yildiz texnika universitetining diplomi 37 ta davlatda tan olingan. Yildiz texnika universitetida 40 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va 18 ta magistratura mutaxassisliklari bo'yicha jami 42 ming nafardan ortiq talabalar ta’lim oladi. Shuningdek, 15 ming nafar xodimlar mehnat qiladi. Yildiz texnika universiteti tashkil etilgan yildan boshlab, hozirgi kungacha 165 ming nafar talabalar bitirgan. 1992-2023 yillar mobaynida 215 ta patent-ixtirolar olingan. Yildiz texnika universiteti Turkiyada 1-o‘rinda turadi. Hozirgi kunda 3,5 ming nafar ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etadi. Yildiz texnika universitetida 16 ta nufuzli va shundan 3 tasi Scopus bazasidagi ilmiy jurnallar nashriyotlari faoliyat olib boradi. Uchrashuv yakunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Yildiz texnika universiteti o'rtasida yilida ikki marotaba ilmiy konferentsiyalarni o‘zaro o‘tkazish, konferentsiya qarorlari asosida oliy ta’limni uzoq va qisqa muddatli strategik rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilarni o'zaro tajriba almashish va stajirovkasini tashkil etish hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ilmiy jurnalini integratsiya qilish orqali Scopus ma'lumotlar bazasiga kiritilishini ta'minlash takliflari ma’qullandi.