Xalqaro hamkorlik kengaytirilmoqda

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 232


    Yurtimizga mehmon boʼlib turgan «Laura Peretti architects» arxitektura studiyasi asoschisi va rahbari Laura Peretti Toshkent Аrxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi. Universitet bilan yaqindan tanishgan italiyalik xalqaro ekspert talabalar va professor-oʼqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy infratuzilmalarga yuqori baho berdi. Nufuzli mehmonni Strategik rivojlantirish boʼyicha 1 prorektor (rektor v.v.b.) Baxrom Tulaganov qabul qilib, universitetda yaqin yillar davomida amalga oshirilgan ishlar va rejalar toʼgʼrisida tanishtirib oʼtdi. Taʼlim jarayoni amaliyot bilan uzviy tarzda olib borilayotgani, nufuzli xalqaro oliy oʼquv yurtlari bilan samarali hamkorlikning yoʼlga qoʼyilgani va ularning ilgʼor tajribasi oʼquv jarayoniga tatbiq etilayotgani Laura Perettida ijobiy taassurot qoldirdi. Tomonlar hamkorlikni yoʼlga qoʼyish va uni rivojlantirish borasidagi fikrlari hamohang keldi va ijobiy yakunlandi. Uchrashuv yakunida aloqalarni mustahkamlash va rasmiylashtirish borasida kelishib olishdi.