Mening sevimli kitobim

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 152

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Аrxitektura fakultetida kitobxonlik tadbiri bo'lib o'tdi. Talaba yoshlar o'rtasida tashkil etilgan "Mening sevimli kitobim'' mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirda kitobsevar talabalar o'zining eng sevimli asarlaridan taqdimot qilishdi. Tadbirda Alisher Navoiy davlat adabiyot muzeyi raxbari o'rinbosari O.Jo'raboyev,  Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Yashnobod tuman hokimi maslahatchisi O.Bekmurodova, Shayxontohur tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlari samaradorligini oshirish, davlat tili qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi N.Qayumovalar tadbir mehmoni bo'ldi. Shuningdek, talabalar tomonidan sevib o'qigan asarlari yuzasidan  badiiy chiqishlar, sahna ko'rinishlari hamda jonli ijrolar yoshlarning ko'nglidan joy oldi.