Arxitektura fakultetida "INTERNETDA FIRIBGARLAR'' mavzusida huquqiy seminar tashkil etildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 169

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakultetida "INTERNETDA FIRIBGARLAR'' mavzusida huquqiy seminar tashkil etildi. Unda Arxitektura fakulteti Akademik faoliyat bo'yicha dekan muovini E.A.Nurmatov Toshkent shaxar IIBB kibr bo'limi xodimlari podpolkovnik Sh.Qodirov, mayor R.Soliyev va universitet profilaktika inspektori F.Ahmedov hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Kiberxavfsizlik -bu tasodifiy va atayin qilingan axborot hujum ekanligi haqida tushuncha berdi. Seminar davomida jamiyatda sodir etilayotgan kiber jinoyatlar to'g'risida va hayotiy voqealar asosida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Talaba yoshlar qiziqtirgan savollarga IIBB xodimlari tomonidan alohida tushunchalar berildi va amalda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyot choralari ko'rsatib berildi.