Toshkent arxitektura-qurulish universiteti v.v.b rektori To'laganov.B.A 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib talaba yoshlar bilan uchrashdilar

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 180

Dastlab yotoqxonadagi shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi, xonalarning holati o'rganildi. Muloqot avvalida rektor Baxrom To'laganov yurtimizda yoshlar ma'naviyatini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar mohiyati haqida so'z yuritdi. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, puxta bilim olish, o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishish mas'uliyati xususida o'z mulohazalarini bildirdi. Rektor tomonidan talaba yoshlarga bir qator zarur bo'lgan texnik jihozalar sovg'a etildi. Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan tarixiy shaharlarga sayohatlarni muntazam tashkil etish taklifi aytib o'tildi. Shuningdek, ular xorijiy universitetlarda o'qish, talabalar almashinuvi bilan bog'liq savollariga javob oldilar.