"Qizlar davrasida kitobxonlik''

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 83

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Kavorking markazida talaba-qizlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "Qizlar davrasida kitobxonlik" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va falklori instituti yetakchi ilmiy xodimi filologiya fanlar doktori Marhabo Qo'chqorova ishtirok etdi. U o'z so'zida kitob mutolaa qilish, asarlar mazmun-mohiyatini anglash insonni komil, zukko, teran tafakkur soxibiga aylantirishi shubhasiz deb aytdi.