Talabalarimiz AQSHda liderlik dasturida ishtirok etmoqda

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 470

BIKL-22 guruh magistri Jaloliddin Maxmudov Amerika Qo'shma Shtatlari davlat departamentining liderlik dasturida ishtirok etmoqda. Ushbu dasturga 100 dan ortiq davlatdan jami 6700 dan ziyod arizalar qabul qilingan bo'lib, yakunda 142 finalistlar saralab olingan va to'liq grant berilgan. Jaloliddin hozirda AQSHning Massachusetts Shtati Boston shahrida dasturdagi ishtirokini davom ettirmoqda. Shuningdek, Garvard, MIT kabi dunyoning eng ilgʻor universitetlarida oʻtkazilayotgan seminarlarda ham ishtirok etib kelmoqda.