Moliyaviy savodxon yosh iste'molchi
Yoshlar
o'rtasida huquqiy savodxonlikni kuchaytirish, ularning iste'molchilar
huquqlarni himoya qilish va moliyadan mas'uliyatli foydalanish sohalaridagi
bilimlarini yanada oshirish hamda sinovdan o'tkazish, shuningdek iste'molchilar
huquqlarini himoya qilish va moliyaviy savodxonlik bo'yicha bilimli yoshlarni
rag'batlantirish maqsadida, har yili "15-mart Butunjahon iste'molchilar
huquqlari kuni''ga bag'ishlangan "Moliyaviy savodxon yosh iste'molchi''
bilimlar tanlovi o'tkazib kelinmoqda. Joriy yildagi tanlovga 22-fevraldan start
berilgan bo'lib, unda Respublika hududida faoliyat yuritayotgan davlat va
nodavlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat (kunduzgi) ta'lim
yo'nalishida tahsil olayotgan talabalari https://olimpiada.edu.uz platformasida
ro'yxatdan o'tishlari mumkin!