1-Mart bahorning ilk kuni

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 76

1-mart bahorning ilk kuni o'zbek xalqining taniqli va iqtidorli shoirasi, atoqli va ardoqli vakili, jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova hamda shoir va adib, adabiyotshunos, muarrix, elshunos va mutarjim Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat tavallud topgan kun. Toshkent arxitektura qurilish universiteti talabalari tomonidan adiblar hiyobonida Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi hamda Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat tavalluding 165 yilligi munosabati bilan she'r, g'azal, sahna ko'rinishlar hamda qo'shiqlar ijro etildi va keng nishonlandi.