Assalomu alaykum, aziz va mo'tabar opa-singillar munis talaba-qizlar!

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 330

Avvalo, Sizlarni bahorning ilk kunlarida go'zallik va nafosat bayrami sifatida nishonlanadigan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o'zim va universitet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman. Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganidek, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga bo'lgan munosabati va g'amxo'rligi bilan belgilanadi. Darhaqiqat, ilmli, ma'rifatli ayol mamlakat tayanchi, millat tarbiyachisi hisoblanadi. Bugungi kunda universitetimizda ko'plab ayol rahbar-xodimlarimiz, o‘z iqtidori va tashabbuslariga ega professor-o'qituvchi va talaba-qizlarimiz faoliyat yuritmoqdalar. O'z navbatida ularning erishayotgan natijalari, qo'lga kiritayotgan yutuqlari bilan faxrlansak arziydi.  Muhtarama opa-singillar yana bir bor bayramingiz muborak bo'lsin. Hurmat bilan Toshkent arxitektura-qurulish universiteti v.v.b rektor  B A. Tulaganov.