Harbiy qismda bir kunim

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 165

14.03.2024 kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti  talaba-yoshlari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida joylashgan 1-harbiy shaharcha 532-Safarbarlik chaqiruv rezervi batalionida "Harbiy qisimda bir kunim'' shiori ostida o'tkazilgan Ochiq eshiklar kuniga tashrif buyurdi. Unda Guliston harbiy prokurori, Sirdaryo viloyati Yoshlar ittifoqi kengashi raisi va TAQU, GulDU, GulDPI, TKTIYF boshlang'ich tashkiloti yetakchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Uch avlod uchrashuvi

"Zakovat'' intellektual o’yini

"Talabalar teatr studiyasi'' klubi (Tog'li kuyov) spektakli namoyishi

"To'maris izdoshlari'' harbiy sport musobaqasi

QALQON jamoalari o’rtasida  "Men g'olib'' harbiy sport musobaqasi  bo'lib o'tdi.

Kunning birinchi yarmida harbiylar hayoti, ularning hizmat oʻtash jarayoni, harbiy qism sharoitlari, o'quv jarayonlari va qurol aslahalar bilan yaqindan tanishtirildi. Kunning ikkinchi yarmida esa musobaqalar qizg'in bahs oldi.