Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, universitetimiz xodimlari! Aziz talaba-yoshlar!

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 232

Sizlarni xalqimizning ko'p ming yillik urf-odatlari, qadriyatlarini o'zida mujassam etgan, mehr-muruvvat va an'analar timsoli – Navro'z ayyomi bilan samimiy qutlayman! Bu bayramning ruhi va falsafasida mujassam bo'lgan yasharish va yangilanish, yaxshilik va bag'rikenglik, tabiatni asrab-avaylab, doimo u bilan uyg'un bo'lib yashash kabi o'lmas g'oyalar bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning asosiy maqsadiga g'oyat hamohangdir. Universitetimizning hurmatli jamoasi, qadrli talaba-yoshlar! Yana bir bor tinchlik-osoyishtalik, totuvlik, do'stlik hamda Ona Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'usini o'zida aks ettirgan milliy bayramimiz – Navro'zi olam barchamizga muborak bo'lsin!

Toshkent arxitektura-qurulish universiteti  rektori  v.v.b B.A Tulaganov.