Joriy yilning 15-16-aprel kunlari Ispaniya Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligi huzuridagi Ta'limni xalqarolashtirish xizmatining (SEPIE) direktori boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyuradi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 190

Joriy yilning 15-16-aprel kunlari Ispaniya Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligi huzuridagi Ta'limni xalqarolashtirish xizmatining (SEPIE) direktori boshchiligidagi delegatsiya (21 kishi) O'zbekistonga tashrifi yuzasidan ma'lumot yuborilmoqda. Ushbu ma'lumotda joriy yilning 15-aprel kuni Samarqand shahrida va 16-aprel kuni Toshkent shahrida Ispaniya OTMlarining taqdimotlari hamda ikki mamlakat OTMlari o'rtasida o'zaro tanishuv (“B2B”) uchrashuvlari (forum) o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Maqsad – Ispaniya va O'zbekiston OTMlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, shuningdek, yangi qo'shma loyihalar va amaliyotlarni yo'lga qo'yish. Rejalashtirilayotgan tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida joriy yil 3-aprel (chorshanba) kuni soat 15.00–17.00 da onlayn vebinar (Ispaniya OTMlarining taqdimotlari) o'tkaziladi.

Link for the webinar: https://zoom.us/j/98765781000

ID: 987 6578 1000

Vebinar ingliz tilida bo'lib o'tadi. Vebinar va keyingi tadbirlarda qatnashish uchun barcha ishtirokchilar joriy yil 26-martga qadar quyidagi onlayn ro'yxatdan o'tishlari lozim: https://forms.gle/ePVRFQL2QGa5YwJBA