Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talaba-qizlar o'rtasida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an'analarimizni keng targ'ib qilish maqsadida "Milliy liboslar'' kuni o'tkazildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 125

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talaba-qizlar o'rtasida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an'analarimizni keng targ'ib qilish maqsadida "Milliy liboslar" kuni o'tkazildi. Tadbirda mamlakatimiz yoshlarini munosib tarbiyalash, kiyinish va yurish turish odoblarini o'rgatish, "ommaviy madaniyat" ning salbiy unsurlari tarqalishini oldini olish, milliy liboslarning qulayligi, iqlimga mosligi va munosibligi keng targ'ib etishga alohida e'tibor qaratiladi. Talaba-qizlar xalqimizning ming asrlik o'tmishi, qadimiy urf-odat va an'analarini aks ettirgan libos va do'ppilarda ishtirok etishdi.