Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti 64-23/66-23MM talabalari va guruh tyutori Jo'rayev S.A. "SERGEY YESENIN UY-MUZEYI'' ga borishdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 179

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti 64-23/66-23MM talabalari va guruh tyutori Jo'rayev S.A. "SERGEY YESENIN  UY-MUZEYI" ga borishdi. Sergey Yesenin uy muzeyi Atoqli rus shoiri Sergey Yesenin xotirasi sharafiga 1981-yilda tashkil etilgan. Dastlab, muzey "Xalq muzeyi'' unvonini olgan, 1988-yildan esa davlat maqomiga ega bo'lgan. Sergey Aleksandrovich Yesenin (3-oktabr, 1895 —28-dekabr, 1925) -iqtidorli rus lirik shoiri va yozuvchisi. Yesenin "chinakam xalqona shoir'' deb nom taratgan. Shoir o'z she'rlarida oddiy xalq, dehqonlar, rus qishlog'idagi hayot va tabiat haqida yozgan. Bu yerda Sergey Yeseninning avtograflari, uning kamyob asarlari, suratlari, shuningdek, shoirning ovozi yozib olingan gramplastinkalar saqlanib kelinadi. Bundan tashqari Sergey Yeseninning do'sti Shiryavsev fondi materiallaridan asosida "Yesenin va biz'' ekspozitsiyasi tashkil etilgan.