Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tyutorlarning bilim saviyasi va malakasini yanada oshirish bo'yicha o'quv kurslari tashkil etildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 207

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tyutorlarning bilim saviyasi va malakasini yanada oshirish bo'yicha o'quv kurslari tashkil etildi. "Yangi O'zbekistonda ta'lim sohasidagi islohotlar" mavzusida birinchi seminar Talabalar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori A.D. Metyakubov tomonidan olib borildi. Seminar davomida universitet korrupsiyaga qarshi kurashish "kompleans-nazorat" tizimini boshqarish bo'lim boshlig'i Isajanov Muxiddin Husniddinovich ishtirok etib, sohadagi muammolarni bartaraf etish hamda ularni oldini olish to'g'risida ma'lumotlar berdi.