Universitetimiz talabalari “Yangi nafas” marafonida ishtirok etdilar
Kuni kecha erta tongdan Toshkent arxitektura-qurilish universitetining talabalar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori Metyakubov A.D, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va talabalar minglab sportsevarlar bilan Yangi nafas marafonida ishtirok etdilar.
Ayniqsa, hamkasblar va talaba yoshlar bilan birgalikda
yugurish jamoani yanada ruhlantiradi hamda unga o’zgacha shijoat bag’ishladi.
Ko'plab talabalarimiz o'z yugurish darajalari bo'yicha g'olibliklarni qo'lga
kiritdilar. Marafon yurtimiz bo’ylab barcha hududlarda tashkil etildi va o’n
minglab yoshlarni birlashtira oldi.