Toshkent arxitektura-qurilish universitetida milliy an'analarimiz uyg'unlashgan holada katta "Bahor sayli" tadbiri bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 99

Umumhalq bayrami bo'lgan "Bahor sayli" va universitetimizning 33-yilligi munosabati bilan tadbir keng nishonlandi va unda barcha fakultet talabalri faol ishtirok etdilar.

Bahor saylini universitet rektori B. A Tulaganov ochib berdi. Estradamizning yorqin yulduzlari tomonidan turli xil kuy qo'shiqlar jarang sochgan bir payitda, talabalar o'rtasida milliy sport o'yinlari hamda milliy liboslar ko'rgazmasi ham bo'lib o'tdi.

Ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tgan kechamizda universitetimizga o'z hissasini qo'shgan fidokor hodimlarimiz tashakkurnomalar va bayram sovg'alari bilan taqdirlandilar.