Dekan va yoshlar uchrashuvi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 84

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Arxitektura'' fakultetida samimiy va ochiq muloqot tarzidagi, fakultet rahbariyati va fakultet talabalari bilan  uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda fakultet dekani Xasanov Azamat Ozodovich talabalar bilan tanishuv suhbati olib borildi. Suhbat dovomida universitetda va fakultet yoshlar uchun yaratilgan ko'plab imkoniyatlarni ta'kidlab ulardan unumli foydalanish haqida kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek universitet ichki tartib-qoidalariga qat'iy amal qilish va darslarga o'z vaqtida kelish uqtirildi. Talabalarning muammolari, taklif va tashabbuslarini  dekan, dekan muovinlari  va fakultet tyutorlari tomonidan o'rganildi. Bundan tashqari  talabalar uchun xalqaro grantlar va bitiruvchi talabalarga  malaka oshirish to'g'risidagi yangiliklar ham aytib o'tildi.