Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Germaniyaning Bauhaus universiteti Weimar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Germaniyaning Bauhaus universiteti Weimar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Xorijiy universitetlar bilan xalqaro aloqalar o'rnatish, professor -o'qituvchilarni xorijida malaka oshirish, stajirovkaga yuborish, talabalarni mobilligini oshirish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Dunyo tillari kafedrasi professor -o'qituvchilari hamda , Germaniyaning Bauhaus universiteti Weimar xorijiy aloqalar bo'limi boshlig'i Evelyn Beyer ishtirokida seminar uchrashuv bo'lib o'tdi. Seminarda universitetning Germaniyada almashinuv dasturlari va grantlariga qiziqqan talabalar qatnashdi. Kafedra katta o'qituvchisi G.U.Sharipova talab etiladigan xujjat va talablar bilan tanishtirdi. Uchrashuv Bahor sayliga to'g'ri kelganligi munosabati bilan Dunyo tillari kafedrasi Evelin honimga milliy adras libosini mehmondo'stlik ramzi sifatida taqdim etdilar. Uchrashuvdan so'ng mehmon Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bo'layotgan "Bahor sayli" bayram dasturxoniga taklif etildi. O'zbek xalqining milliy urf-odatlari aks etgan bayram tadbiri Germaniyalik mehmonda katta taassurot qoldirdi.