22-aprel – "Xalqaro yer kuni" munosabati bilan Toshkent arxitektura qurilish universitetida ochiq dars bo'lib o'tdi
Arxitektura fakulteti tyutori Dilxush Axmadjanovna boshchiligida 5-21Do' guruh talabari bilan tabiat qo'ynida atrof muhitni asrash ona tabiatni go'zalliklaridan baxramand bo'lish maqsadida mazmunli ochiq dars o'tkazildi. "Xalqaro yer kuni" har yili 22-aprelda nishonlanishi, bu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-yilda ekologiya muammolariga e'tibor qaratish va tabiatni asrashni chaqirish maqsadida ta'sis etilganligi haqida qizg'in suhbat bo'ldi. Suhbat jarayonida talabalar Ona tabiatni asrashni o'z chizgan rasmlarida namoyon etdilar. "Xalqaro yer kuni" barchamiz bir sayyorada yashayotganimizni va uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan g'amxo'rlik qilishimiz kerakligini barchamizga eslatib turishga qaratilganligi shuningdek, butun dunyodan odamlar atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan barqaror foydalanish haqida talabalarga kerakli tavsiyalar berildi.