Adabiyot haftaligi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 108

23-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti boshchiligida Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan 17-maktab o'quvchilari bilan "MA'RIFAT ULASHIB'' nomli ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, "Shuhrat" medali sohibasi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qutlibeka Rahimboyeva va universitet Talabalar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy faoliyati dekaniati hodimi N.Zaxidov hamda o'quvchilar ishtirok etdi. Uchrashuvda adabiyotga muhabbat, kitobxonlik, ma'naviy ongni boyitish haqida qizg'in suhbatlar bo'lib o'tdi. Yozuvchi maktab o'quvchilariga chin ma'noda ma'rifat ulashdi.