Bugun Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari tomonidan Adiblar xiyobonida "Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 130

Bugun Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari tomonidan Adiblar xiyobonida  "Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri bo'lib o'tdi. Unda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari  Farg'ona viloyati madaniyati, milliy taomlari, milliy kiyimlari va urf-odatlarini tarannum etishdi. Hamda  milliy musiqalar  yor-yor, laparlar sadosi ostida milliy o'yinlar o'ynashdi. Barchangizni 3 kun davom etadigan, Talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi boshchiligida tashkil etilgan ushbu ko'ngilochar madaniy tadbirga taklif qilamiz.