"Oiladagi muammolar va ularning psixologik oqibatlari''
Joriy yilning 25-26-aprel kunlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug'iga asosan "Oiladagi muammolar va ularning psixologik oqibatlari'' mavzusida Farg'ona davlat universitetida Oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan psixologlar ishtirokida Respublika ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi. Ushbu seminarda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti psixologi Muxtaram Obidova faol ishtirok etdi. 2 kun davom etgan ilmiy-amaliy seminarda, soha mutaxassislari yangi izlanishlar, qiziqarli ma'lumotlar hamda yangi metodikalarga ham ega bo'ldilar.