"San'atdagi go’zallik'' hamda "Sharqona ranglar jilosi''
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti 3-kurs talabalari Ne'matjonova Mahliyo Nizomjon qizining "San'atdagi go'zallik" hamda Abduraxmanov Izzat Baxrom o'g'lining "Sharqona ranglar jilosi'' deb nomlangan shaxsiy ijodiy ishlari ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmani Talabalar masalalari ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori A.Metyakubov ochib berdi. Unda Namangan Viloyati Chust shahar 15-sonli musiqa va san'at maktabi o'qituvchisi San'atshunos ustoz Muhammadjon Aliboyev, O'zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi azosi Grafik (ilyustrator), "Oltin qalam" milliy mukofoti sovrindori Sadikov Husanbori Mirganiyevich va Grafik shobasi raxbari Sharipov Narimon Djuraevichlar tashrif buyurishdi. Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti "Amaliy san`at va dizayn'' fakulteti talabalari, Arxitektura fakulteti professor-о'qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar. Tasviriy san'at asarlari tо'g'risida mutaxassislar tomonidan ma'ruzalar tinglandi hamda talabalar о'rtasida o'zaro fikr almashishdi.