Talabalarimiz AQShda 3 oylik liderlik dasturini muvaffaqiyatli yakunladi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 112

Talabalarimiz AQShda 3 oylik liderlik dasturini muvaffaqiyatli yakunladi. BIKL-22 guruh magistri Jaloliddin Maxmudov Amerika Qo'shma Shtatlari davlat departamentining liderlik dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Dastur joriy yilning 29-yanvaridan 3-mayga qadar davom etib, 100ga yaqin davlatdan 142 nafar yosh liderlarni qamrab oldi. Ishtirokchilar 3 oy davomida liderlik kurslarida ishtirok etishdi va Amerikadagi tashkilotlarda amaliyot o'tashdi. Kuni kecha AQSh poytaxti Washington shahrida dasturning yopilish marosimi bo'lib o'tdi va ishtirokchilar AQSh davlat departamenti tomonidan sertifikat bilan taqdirlanishdi.