Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan "Liderlar onlayn maktabi'' loyihasi doirasida "Men muvaffaqiyatli ayolman'' mavzusidagi uchrashuv bo'lib o'tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan "Liderlar onlayn maktabi'' loyihasi doirasida "Men muvaffaqiyatli ayolman'' mavzusidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Unga Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva taklif qilinib, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Talabalar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori A.Меtyakubov, Universitet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Kurbanova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari, talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat maydoni tashkil qilindi. Tadbirdan maqsad yoshlarga o'z ustida ishlash, rivojlanish, iqtidori, salohiyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit va imkoniyat yaratishga oid vazifalar ilgari surishdan iborat. Shuningdek, jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salohiyati, iqtidori, yetakchilik, liderlik qobiliyatini yuzaga chiqarish, davlat boshqaruvida faol ishtirokini ta'minlash, siyosiy yetakchilarning yangi avlodini shakllantirish ham kòzlangan.