"9 may - Xotira va Qadrlash kuni''
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "9 may - Xotira va Qadrlash kuni'' ga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha olib borilayotgan tadbirlar jarayonida joriy yilning 7 may kuni "Sharaf lentasi'' chellenji boshlandi. Bunda universitet xodimlari va talabalariga sharaf lentalari ulashildi. Talabalarga "sharaf lentasi'' aksiyasining mazmun mohiyati tushuntirildi hamda "Ikkinchi Jahon urushi'' davrida ota-bobolarimizning ko'rsatgan misli ko'rilmagan qahramonliklari, Fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g'alabaga O'zbekistonning qo'shgan ulkan hissasi to'g'risida tushunchalar berildi. Ko'ksimizda g'ururimiz, sharaf-shonimiz ramzini faxr bilan taqish bizning eng ezgu shiorimizdir.