Xotira abadiy, qadr muqaddas!

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 78

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi. Tabirda universitet rektori v.v.b B.A Tulaganov barchani eng ulug' va aziz bayramlardan biri, sharqona qadriyatlarimiz, urf-odatlatimizning timsoli bo'lgan 9-may Xotira va Qadrlash kuni hamda ikkinchi jahon urishida qozonilgan buyuk g'alabaning 79-yilligi bilan  samimiy tabrikladi  hamda universitetimiz rivoji uchun hissa qo'shgan marhum ustozlar xotirasiga ehtirom ko'rsatildi. O'zbekiston Respublikasi xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, "Shuhrat" medali sohibasi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi xodimi Qutlibeka Rahimboyeva tashrif buyurdi va o'z ijod namunalaridan xotiraga bag'ishlangan she'rlarini o'qib eshittirdi. Tadbirda talaba yoshlar tomonidan ikkinchi jahon urushi uning oqibatlari, o'zbek xalqini front va front ortidagi mashaqqatli xizmatlari sahna ko'rinishlari orqali ta'sirchan lavhalar bilan yoritib berildi. Kuy-qo'shiqlar, milliy raqslar tadbirga ko'tarinkilik ulashdi.