Toshkent arxitektura-qurulish universiteti psixologi M.Obidova tomonidan tashkil etilgan "Psixolog bilan ochiq muloqot" nomli psixologik seminar-trening bo'lib o'tdi
Toshkent arxitektura-qurulish universiteti psixologi M.Obidova tomonidan tashkil etilgan "Psixolog bilan ochiq muloqot" nomli psixologik seminar-trening bo'lib o'tdi. "O'ziga bo'lgan ishonchni oshirish" hamda "Emotsional holatlarning inson psixikasiga ta'siri" mavzusida tashkil etilgan treningda Muhammad al-Xorazmiy nomli Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ma'naviy psixologik tarbiya bo'lim boshlig'i, universitet psixologi Sobitova Shaxnoza Shokir qizi taklif etildi. Ikki malakali psixolog tomonidan o'tkazilgan treningda har bir ishtirokchining faolligini va psixologik bilimlarini egallashga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida, turli interfaol usullardan foydalanib talabalarga o'qish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammoli vaziyatlarga yechim topish ko'nikmalari o'rgatildi. Bu esa talabalarning hayot yo'li davomida muammoli vaziyatlarga duch kelganda oson yechim topishga yordam beradi.