"Milliy hunarmandchilik va Kashtachilik''

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 105

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi D.Axmadjanovna, tyutor S.Nasirova va "QIZLARJON KLUBI" a'zolari bilan birgalikda 2-sonli TTJ da "Milliy hunarmandchilik va Kashtachilik'' bilan shug'ullanishdi! Yоshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta MUHIM TASHABBUSning  5-yo'nalishi "Xotin qizlarni ish bilan ta'minlash''dir. Milliy Kashtachilik xalq hunarmandchilik san'atining eng qadimiy turlaridan biridir. U xalqning o'z turmushini go'zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan! Kashtachiligimiz nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuxrat qozonganligi barchamizga ma'lumdir!