Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b B.A Tulaganov Arxitektura fakulteti talabalari bilan uchrashdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 107

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori  v.v.b  B.A Tulaganov  Arxitektura fakulteti talabalari  bilan  uchrashdi. Ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvda universitetda yoshlar uchun yaratilgan ko'plab imkoniyatlarni  ta'kidlab talabalarni  ulardan unumli foydalanishga chaqirildi. Universitet ichki tartib-qoidalariga qat'iy amal qilish va darslarga o'z vaqtida kelish uqtirildi. Talabalarning muammolari, taklif va tashabbuslari o'rganildi. Bundan tashqari  talabalar uchun xalqaro grantlar va bitiruvchi talabalarga  malaka oshirish to'g'risidagi yangiliklar, yangi innovatsiya loyihalarini moliyalashtirish haqidagi ma'lumotlar  ham aytib o'tildi.