Seminar trening

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 60

Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti  Arxitektura  fakultetida talabalari uchun O'zbekiston me'morlar uyushmasi tashqi ishlar bo'yicha  rais o'rinbosari, "Master-Design'' studiyasi asoschisi taniqli arxitektor Musakov Farxod Djalolovichning  ochiq  seminari bo'lib o'tdi. Tashkil etilgan seminarda mashhur arxitektor o'zining hayot yo'lidagi mashaqqatli va mazmunli hayotiy tajribasi hamda erishgan barcha muvaffaqqiyatli yutuqlari haqida gapirib, yurtimiz ravnaqi yo'lida rejalashtirilgan arxitekturaviy loyihalar dizaynlari ustida ishlayotganligi, bunda talantli tashabbuskor talaba yoshlarni qo'llab quvvatlashlariga tayyorliklari haqida gapirdilar. Ishtirokchilar o'z ishining ustasi bo'lgan mutaxasis arxitektordan kerakli motivatsiyalar va yuksak maqsad yo'lidagi qiyinchiliklarni yengib o'tish darajasida kuchli bilim va ko'nikma oldilar. Shuningdek talaba yoshlarning savol javoblari va faol ishtirokidan seminardan ko'zlangan maqsadga erishildi.