Ijtimoiy obyektlar talabalar ishtirokida ishlab chiqilgan loyiha asosida renovatsiya qilinadi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Shveysariyaning Shveysariya-Italiya universiteti bilan hamkorlikda “Workshop of international social housing-WISH2023” mavzusida vorkshop tashkil etildi. Mazkur tadbirda Shveysariya-Italiya universitetining 2 nafar professor o‘qituvchisi va 8 nafar talabalari, Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Arxitektura fakulteti o‘qituvchilari Azamat Hasanov va Baxodir Matchonov, shuningdek 5 nafar talabalari ishtirok etmoqda. Vorkshop davomida ishtirokchilar mamlakatimizda o‘tgan asrda qurilgan ijtimoiy turar joylarni xavfsiz hamda yashash uchun qulay tarzda renovatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadilar. O‘zbekistonlik va shveysariyalik professor-o‘qituvchi va talabalardan tashkil topgan guruh Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan shaharlar – Samarqand va Buxorodagi 10 ta obyektda loyiha doirasida o‘rganishlar olib boradi. 2 hafta O‘zbekistonda olib borilgan ilmiy izlanishlar 5 hafta davomida Shveysariyada davom ettiriladi. Yakuniy taqdimot Shveysariya o‘tkaziladi va o‘rganilgan bino-inshootlarni renovatsiya qilishni zamonaviy yechimlari taklif etiladi. Loyiha bo‘yicha yakuniy xulosalar umumlashtirilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniy Meros agentligiga taqdim etiladi.