«Yangi O‘zbekiston: Ilm qaldirg‘ochlari – 2024» talabalarning III-xalqaro anjumani
Manba, telegram kanali:
@tadqiqotchi_kundaligi
18 may kuni Jizzax politexnika
institutida «Yangi O‘zbekiston: Ilm qaldirg‘ochlari – 2024» III-xalqaro anjumani ko’rik
tanlovida talabalar arxitektura kurilish yo’nalishida o’zlari erishgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, yaratgan yangi innovatsion va amaliy loyihalari, texnologiyalai, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari turlari bo’yicha 8
nominatsiyada ishtirok etdilar.
Bu xalqaro talabalar anjumanida universitetimizda uzoq yillardan beri muvaffaqiyatli faoliyat kursatayotgan va yosh olimlarga murabbiylik qilib kelayotgan ustoz domla texnika fanlari doktori, professor Kamilov Xabibulla Xamidovichni talaba shogirdlari ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni sohibi bo‘lib qaytishdi.
Xususan shu
anjumanning:
- «Sanoat chiqindilari asosida yaratilgan eng yaxshi qurilish materiallari va konstruksiyalari» nominatsiyasida “O‘z-o‘zidan zichlashuvchi betonning texnologiya
va xossalari” mavzusida o‘z ishlanmalari bilan
qatnashgan 73-22
guruhi talabasi Abdulhamidov Abdulhamid faxrli 1-o‘rinni,
- «Qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqarish uchun eng yaxshi kichik innovatsion texnologiyalar va loyihalar» nominatsiyasida “Mahalliy xom-ashyolar asosidagi bazalt tolali fibrobeton qoplama materiallar” mavzusida o‘z ishlanmalari bilan qatnashgan 73-21 guruhi talabasi Hamidov Farrux faxrli 2-o‘rinni,
- “Yangi qurilish materiallari, buyumlarini yaratish va ishlab chiqarish texnologiyasi”, “Qurilish konstruksiyalari” xamda “Energiya samarador binolarni loyihalash” mavzusi bo’yicha ilmiy yo’nalishda bajarilgan «Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi» nominatsiyasida qatnashgan Nasulloev Bexruz faxrli 3-o‘rinni,
- “Yangi qurilish materiallari, buyumlarini yaratish va ishlab chikarish texnologiyasi”, “Qurilish konstruksiyalari” xamda “Energiya samarador binolarni loyihalash” mavzusi buyicha bajarilgan “Eng yaxshi magistirlik dissertatsiyasi” nominatsiyasida qatnashgan Bolbekov Abdulaziz faxrli diplom va sertifikatini egalladilar.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ilmiy tadqiqot laboratoriyasida texnika
fanlari doktori, professor Kamilov Xabibulla Xamidovich rahbarligida o’z
doktorantlik ilmiy ishlarini yuritayotgan Abdazov Dilshod va Turaxonov Safarali
xissalari shu
yosh talabalarimiz tomonidan erishilgan ijobiy natijalarda va anjumandagi yutuklarda juda
xam katta. Erishilingan bu natijalar universitetimiz yosh
talabalarining kelgusida fan
doktori, professor bo‘lishlariga ilk qadamlari deb umid qilgan xolda, ularga ulkan zafarlarni tilab qolamiz!