Talaba-qizlar uchun seminar-trening bo'lib o'tdi!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar
ittifoqi Besh tashabbus loyihalari koordinatori tashabbusi bilan talaba-qizlar
uchun "Chiroyli ovoz va ravon nutqni shakllantirish metodikalari"
mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi. Unda universitet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha
rektor maslahatchisi Kurbanova Nigora Bahtiyorovna so'zni ochib berdi hamda
seminar mehmoni nutq imidjmekeri, dublyaj aktrisasi, O'zMTRK suxandoni va
"Sevimli" telekanali boshlovchisi Hilola Abbosova talaba-qizlarga
chiroyli ovoz, nutq madaniyati va ravon nutqni shakillantirish bo'yicha
maslahatlar berdi.
Seminar turli xil nutqni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlar, ovoz tembri va ovoz registrini topish to'g'risidagi ko'rsatmalarga boy bo'ldi va juda qiziqarli o'tdi.