Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali!

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 138

Toshkent shahrida joylashgan Navro'z bog'ida ''Toshkent bitiruvchilari va talaba-yoshlari'' loyihasi doirasida "Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali'' bo'lib o'tdi.

Festival doirasida  milliy taomlar va  liboslar  ko'rgazmasi, kulolchilik san'ati, milliy va etno sport turlarining ko'rgazmali chiqishi ham o'rin oldi. Toshkent shahrida joylashgan barcha oliy ta'lim muassasalari turli xil davlatlar va  yurtimizdagi viloyatlarning  madniyati va urf-odatlarini targ'ib qilishdi.

Shuningdek festivalda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Farg'ona viloyatining milliy taomlari, madaniyati, urf-odat, an'analari va milliy liboslarini  namoyish etdi.