Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Sankt-Peterburg davlat arxitektura-qurilish universiteti o'rtasida o'zaro shartnoma imzolandi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 92

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Sankt-Peterburg davlat arxitektura-qurilish universiteti o'rtasida o'zaro shartnoma imzolandi. O'zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasining yalpi majlisi da Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ham faol ishtirok etib hamkorlik bo'yicha shartnomalar imzoladi. Anjuman yalpi majlislarida transport, logistika, mashinasozlik, geologiya, metallurgiya, energetika, kimyo, IT texnologiyalari va boshqa muhim yo'nalishlarda samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha munozara, tajriba almashish va uzoq muddatli rejalar muhokamasidan so'ng tomonlar qo'shma bayonot qabul qilishdi. Yakunda ilmiy-innovatsion soha hamda oliy texnik ta'lim yo‘nalishida o'zaro aloqalarni kengaytirish borasida ikki davlat muhandislik-texnika oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik yuzasidan 40 ga yaqin shartnoma imzolandi.