Milliy liboslar kuni
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an'analarimizni keng targ'ib qilish maqsadida "Milliy liboslar" kuni tashkil etildi. Unda universitet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslaxatchisi N.Kurbanova va barcha fakultetlarning Xotin-qizlar bo'yicha dekan maslaxatchilari, Talaba-qizlar koordinatori hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda mamlakatimiz yoshlarini munosib tarbiyalash, kiyinish va yurish turish odoblarini o'rgatish, "Ommaviy madaniyat" ning salbiy unsurlari tarqalishini oldini olish, milliy liboslarning qulayligi, iqlimga mosligi va munosibligi keng targ'ib etishga alohida e'tibor qaratiladi. Talaba-qizlar xalqimizning ming asrlik o'tmishi, qadimiy urf-odat va an'analarini aks ettirgan libos va do'ppilarda ishtirok etishdi.