Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti va ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bilan hamkorlikda ilk bor "Moddiy-madaniy merosni konservatsiya va restavratsiyasi'' mavzusida bir haftalik malaka oshirish kursi bo'lib o'tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti va ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bilan hamkorlikda ilk bor "Moddiy-madaniy merosni konservatsiya va restavratsiyasi'' mavzusida bir haftalik malaka oshirish kursi bo'lib o'tdi. Turkiyaning Istanbul va Anqara shaharlari "GELENEKSEL TÜRK EL SANATLARINI KORUMA VE TEŞVİK DERNEĞİ" assotsiatsiyasidan 9 ta restavratorlar tashrif buyurdi. Moddiy-madaniy merosni konservatsiya va restavratsiyasi malaka oshirish kursida Arxitektura fakulteti ilmiy kotibi B.G.Matchonov va Arxitektura fakulteti Dotsenti R. Hasanzade nazariy va amaliy darslarni olib borishdi. Ilmiy tadqiqot labaratoriyasida malaka oshirayotgan ishtirokchilarga laboratoriyadagi uskunalar qo'llash orqali konservatsiya va restavratsiyasi ishlarini amalga oshirish borasida amaliy ko‘rsatib berildi. Malaka oshirgan talabalar universitet rahbariyati bilan ham uchrashib o'zlarining samimiy tilaklarini bildirib, kelajakda davomiy hamkorliklarni taklif qildilar. Kurs yakunida barcha talabalarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.