Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar bilan "Murad Buildings" qurilish kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 62

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar bilan "Murad Buildings" qurilish kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvni universitet rektori v.v.b. B.Tulaganov kirish so'zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarni faxriy mehmon bilan tanishtirdi. Universitet bilan hamkorligi, fan va taʼlimni rivojlantirishga qo'shgan hissasi, ilmiy-pedagogik faoliyatida erishgan yutuqlari hamda universitetning xalqaro nufuzini oshirishdagi alohida xizmatlari uchun universitet kengashi qaroriga asosan "Faxriy professori" unvoni Bahrom Abdukabilovich tomonidan topshirildi. Jonli bahs, munozara, muloqot shaklida kechgan uchrashuv yakunida Murod Nazarov yosh avlodga ulkan muvaffaqiyat tiladi.