Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Yevropa va Markaziy Osiyo shaharlari urbanizm va arxitekturasining istiqbolli rivojlanish tendensiyalari" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 108

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Yevropa va Markaziy Osiyo shaharlari urbanizm va arxitekturasining istiqbolli rivojlanish tendensiyalari" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi. Seminar universitet rektori v.v.b. B.Tulaganov tomonidan  kirish so'zi bilan ochib berildi va tadbir ishtirokchilarni faxriy mehmon JOSEP ASEBILLO MARIN  bilan tanishtirdi. JOSEP ASEBILLO MARIN Lugano universiteti arxitektura fakulteti dekani, Garvard universiteti arxitektura oliy maktabining shahar dizayni bo'yicha mukofoti sovrindori, Britaniya arxitektorlari Qirollik instituti a'zosi va RIBA arxitektura bo'yicha oltin Qirollik medali sohibi. Uchrashuv davomida Arxitektura yo'nalishida olib borilayotgan yangiliklar va tarixiy binolar arxitekturasi haqida so'z bordi. Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan savollarga javob oldilar.