Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar bilan "M faktor, Dekos" kompaniya asoschisi Hasan Mamasaidov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 105

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar bilan "M faktor, Dekos" kompaniya asoschisi Hasan Mamasaidov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvni universitet rektori v.v.b. B.Tulaganov kirish so'zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarni faxriy mehmon bilan tanishtirdi. Universitet bilan hamkorligi, fan va ta'limni rivojlantirishga qo'shgan hissasi, ilmiy-pedagogik faoliyatida erishgan yutuqlari hamda universitetning xalqaro nufuzini oshirishdagi alohida xizmatlari uchun universitet kengashi qaroriga asosan "Faxriy professori" unvoni Bahrom Abdukabilovich tomonidan topshirildi. Jonli bahs, munozara, muloqot shaklida kechgan uchrashuv yakunida Hasan Mamasaidov yosh avlodga ulkan muvaffaqiyat tiladi.